“Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida milliy donorlik aksiyasi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ–19-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda beg‘araz qon donorligi harakatini rivojlantirishga qaratilgan yangi tizim joriy etilgan.
🩸 Mazkur Qarorga muvofiq, har oyda “Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida milliy donorlik aksiyalari tashkil etilishi belgilangan.
🎓 Ushbu muhim tashabbus doirasida Qarshi davlet texnika universitetida beg‘araz qon donorligining ahamiyatini targ‘ib etishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🤝 Tadbirda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari K.Mirzayev,tyutorlar va talabalar hamda Viloyat qon xizmati markazi shifokorlari F.Egamova,D.Mirzayeva,F.Eshimovlar ishtirok etishdi.Shifokorlar tadbir qatnashchilariga donorlikning inson hayotini saqlab qolishdagi o‘rni, uning ijtimoiy va ma’naviy ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berib oʻtishdi.

 

Ulashish :