Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-sonli *“2026–2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”*gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 22-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qon xizmati markazi tomonidan donorlik aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur aksiya Qarshi shahridagi “Javohir Medical Center”da yuqori saviyada o‘tkazilib, unda sayyor brigada jamoasi faol ishtirok etdi.
🩸 Tadbir davomida klinika direktori J. Shamsutdinov hamda bosh shifokor A. Sharipov shaxsan donorlikda qatnashib, jamiyatga ibrat bo‘ladigan namunani namoyish etdilar.
🩸 Donorlik — bu shunchaki tibbiy jarayon emas, balki inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan yuksak insonparvarlik namunasidir. Har bir topshirilgan qon kimningdir hayotini saqlab qolishi, umidini tiklashi mumkin.
❤️ Barchani donorlik aksiyalarida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

