🩸 Viloyat qon quyish xizmati shifokori E. Raximov tomonidan salomatlikni saqlash va mustahkamlash, shuningdek, donorlikning inson organizmi uchun ahamiyati va afzalliklari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
💢 Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning salomatlikka bo‘lgan ongli munosabatini shakllantirish hamda zararli odatlarning oldini olishni maqsad qilgan ushbu tadbirda kutubxona xodimlari hamda faol kitobxon yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
♦️ Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, salomatlikka oid bilimlarini yanada mustahkamladilar.
Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati

