«Men — donorman!» aksiyasi

Joriy yilning 6 -dekabr kuni Qarshi Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti Biologiya fakultetida «Men — donorman!» aksiyasi doirasida tadbir o’tkazildi.Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad tibbiy -ijtimoiy ko’makka muhtoj bolajonlarni qo’llab-quvvatlash ko’ngillilarni qon topshirishga chorlash orqali murg’ak qalblarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr oqibat g’oyalarini keng targ’ib qilishdan iborat.
Davra suhbatida Viloyat qon xizmati markazi Vrach laboranti Eshimov Feruz tadbir qatnashchilari fakultet tyutorlari hamda talabalarga mavzu yuzasidan kerakli ma’lumotlarni berib ularni qiziqtirgan savollariga javob berib oʻtdi.

Ulashish :