“Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida navbatdagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20- yanvardagi “ 2026-2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 19- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
Qarshi davlat texnika universiteti “Irrigatsiya muxandisligi” fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida insoniylik,
mehr muruvvat va fidoiylik mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🩺 Tadbirda “Irrigatsiya muxandisligi fakulteti dekani D.Quvvatov, Viloyat qon quyish markazi shifokorlari F.Egamova hamda D.Mirzayevalar ishtirok etib, qon donorligining inson salomatligidagi ahamiyati va uning bemorlar hayotidagi muhim o‘rni haqida ma’lumotlar berishdi.
⚡️ Bunday targʻibot tadbirlar aholi orasidagi fidokorona savobli ishlarga chorlaydigan va insoniyat orasidagi mehr hissini kuchaytirishga davat etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Ulashish :